Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “75-Maxsus boshqarmasi” MChJ bilan hamkorlikda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmat xodimlarini maxsus vositalar va o‘qotar qurolni qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan Navoiy viloyatida “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi” bo‘yicha 36 soatlik o‘quv kursi davom etmoqda. Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan o‘quv kursi tizimli tashkillashtirilmoqda.
Kasbiy, jangovar, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy tayyorgarlik modullari IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati