Ichki ishlar organlari serjant va safdorlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Jangovar tayyorgarlik” modulidan “Ichki ishlar organlarida qo‘llanilayotgan elektroshok qurilmalarining taktik-texnik tasnifi, qo‘llash tartibi” mavzusida Institut miqiyosida ochiq amaliy mashg‘ulotini o‘tkazildi.
Ochiq amaliy mashg‘ulotda Institutning professor o‘qituvchilari va o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari ham ishtirok etdi. Turli interfaol metodlardan foydalanib o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘ulotida tinglovchilarning elektroshok qurilmalari bo‘yicha olgan bilimlari mustahkamlanib, mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati