Yangilik haqida batafsil

Yo‘l harakati xavfsizligi - dolzarb masala
Aug. 14, 2024

          Ma’lumki so‘nggi vaqtlarda transport vositalari turlari va sonining ko‘payishi, yo‘lovchi va yuk tashish hajmlarining ortib borishi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashni, odamlar hayotini muhofaza qilishni har doimgidan ham dolzarb masalaga aylantirmoqda. Qolavesa, turli tabiat hodisalari, favqulotda holatlar  yo‘l harakati xavfsizligiga o‘z ta’sirini ko‘rcatib, avtotransport boshqaruvchilari va piyodalarga noqulaylik keltirib chiqaradi. Shunday vaqtlarda har bir ichki ishlar organlari xodimlarining harakat xavfsizligini ta’minlay olishi davr talabidir.

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan  Vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mutaxassislari ishtirokida “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va chorrahalarni tartibga solish” mavzusida fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi.

      Mashg‘ulot davomida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha tahsil olayotgan  yo‘l-patrul inspektorlari tomonidan tinglovchilarga markaziy ko‘chalarda, aholi va transport vositalari gavjum chorrahalarda haydovchilar mas’uliyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishini ta’minlash uchun barcha ichki ishlar organlari xodimlari bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

        IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati