Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan kelgan 130 ga yaqin xodimlar o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari Institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borilyapti. Jumladan, institut maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Jasur Kenjaev tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash va o‘tkazishning o‘ziga xos hususiyatlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti olib borildi. Mashg‘ulot davomiyligida ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida amal qilishi kerak bo‘lgan majburiyatlari, odob-axloq qoidalari me’yorlariga amal qilish, Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.
Shuningdek, malaka oshirishni o‘tayotgan tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, hamda so‘nggi yillarda Ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berib borilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati