Yuksak ilmiy unvon muborak bo‘lsin!

12.08.2024 112 marta ko'rilgan

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Muxtorov Jo‘rabek Sayidqulovich ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “professor” ilmiy unvoni berildi. Shu munosabat bilan institutning navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsida  institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan Muxtorov Jo‘rabek Sayidqulovichga professorlik diplomi topshirildi va Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Institut matbuot xizmati