Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan o‘q otish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlar avvalida Malaka oshirish instituti malakali o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga Ichki ishlar vazirligining belgilangan buyruq va yo‘riqnoma talablari asosida o‘q-otar quroldan foydalanish va qo‘llashda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, qurolni o‘qlash hamda nishonga olish tartibi to‘g‘risida tushuntirildi.
Shundan so‘ng ular o‘quv-dala markazi o‘q otish maydonchasida ikki bosqichda, birinchi bosqichda Makarov pistoletidan va ikkinchi bosqichda Kalashnikov avtomatidan o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot yakunlangach, natijalar mas’ul xodimlar tomonidan baholanib, yaxshi natija ko‘rsatolmaganlarga kerakli yo‘riqnomalar berildi.
Albatta, bunday amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish xodimlarning o‘q-otar qurolga nisbatan ko‘nikmasini hosil qilishda, uni mohirona qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishda va doimiy jangovar holatda bo‘lishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati