Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-guruh tinglovchilari (PPX) bilan “Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muomalaga kirishgan vaktda yuzaga kelayotgan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik N.O.Odilov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda PPX inspektorlarining xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muloqot jarayonida PPX inspektorlarining huquqlari, amalga oshiradigan qonuniy harakatlari videolavha orqali bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarda amaliy va nazariy bilim hamda ko‘nikmalar shakllantirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati