Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun, “podpolkovnik” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tinglovchilari uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Kitoblar yarmarkasida tinglovchilar o‘zlari va farzandlari uchun sevimli adiblarining asarlari, o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni xarid qildilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati