Sportchimizga omad tilaymiz

06.08.2024 101 marta ko'rilgan

     Ayni kunlarda Fransiya poytaxtida “Parij-2024” olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasida yunon-rum kurashi bo‘yicha ham saralash bellashuvlari boshlab yuborildi. 

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Aram Vardanyan “Parij-2024” olimpiada o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha Respublikamiz terma jamoasi safida 77 kg vazn toifasida ishtirok etmoqda.

       Sportchimizga yurtimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishini tilab qolamiz.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati