Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus kasbiy fanlar sikli o‘qituvchilari, podpolkovnikl Bahrom Turg‘unboev va mayor Sherzod Ubaydullaevlar tomonidan “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Yo‘l-patrul faoliyati” moduli bo‘yicha oraliq nazorat o‘tkazdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Kodekslar, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda tuzilgan savollarga og‘zaki shaklda javob berdilar.
Tinglovchilar chorrahalarda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ishoralari (to‘xtatish, tartibga solish va boshqa) yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozimligi, transport vositasini mast holda, tegishli hujjatlarsiz boshqargan, qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan haydovchilarga tegishli tartibda choralar ko‘rish, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga joylashtirishda haydovchi bilan yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘rtasidagi sodir bo‘ladigan muammoli vaziyatlar borasidagi bilimlarini namoyon etdilar.
Oraliq nazoratda o‘quv dasturiga kiritilgan mavzulari bo‘yicha tinglovchilarning bilimi tekshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati