Yangilik haqida batafsil

“Kapitan” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi masofaviy tarzda tashkil etildi
Aug. 1, 2024

     Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi bo‘yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun  joriy yilning 1 avgust kunidan 10 avgust kuniga qadar IIV Malaka oshirish institutining hududiy filiallarida maxsus kasbiy tayyorgarlik dasturi asosida xizmatdan ajralmagan holda masofaviy tarzda “kapitan” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi  tashkil etildi.

     Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 avgust kuni navbatdagi “kapitan” maxsus unvonini oladigan Toshkent shahri va viloyati ichki ishlar organlari xodimlariga IIV Malaka oshirish intitutida,  hamda viloyat hududiy filiallarda o‘quv kursiga jalb qilingan xodimlar ishtirokida masofaviy o‘qitish tizimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv kursi oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

      Yo‘riqnomada tinglovchilar o‘ziga berilgan login va parol yordamida Institutning rasmiy veb-sayti orqali tizimda shaxsiy xonasida hamda tizimdagi elektron resurslardan foydalanishi, ular real vaqt rejimida masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari, masofaviy o‘qish dasturiga ko‘ra, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni o‘qish va o‘zlashtirish lozimligi tushuntirildi.

      Shuningdek, yo‘riqnomada Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturidagi har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirishganidan so‘ng, test sinovlarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati