Yangilik haqida batafsil

Tinglovchilar amaliyoti yakunlandi
July 27, 2024

   Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida beshta mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini ta’minlash, Jazoni ijro etish xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish xizmatida  malakaviy amaliyotni o‘tadilar.

   Amaliyot yakunida Institut o‘qituvchilari va sohaviy xizmatlarning malakali xodimlari ishtirokida yakuniy imtixonlar o‘tkazildi.

   Amaliyotning yakunlanishi munosabati bilan Institut boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Ulug‘bek Rasulev boshchiligida malakaviy amaliyot tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli boshlig‘i, podpolkovnik A’zamjon Vaxidovning malakaviy amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi. Notiq so‘zida malakaviy amaliyotni o‘tkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

     Muhokama davomida Institut boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga oid  chora-tadbirlar belgilandi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati