Yangilik haqida batafsil

Tinglovchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lagan holda zarur tajribalarini orttirishmoqda
July 23, 2024

  Har bir davlatning istiqboli ilm-fan, texnika, talim taraqqiyoti bilan barkamol kadrlarni voyaga yetkazish bilan bog‘liqdir. Malakaviy amaliyot “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishdagi tinglovchilarning Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, sohalari bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarni bevosita xizmat jarayoniga qo‘llash imkoniyatini beradi. Malakaviy amaliyotda tinglovchilarning jamoat joylarida, mahallalarda va ko‘ngilochar maskanlarda  kasbiy mahorati shakllantirishgina emas, balki ularning individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga e’tibor qaratilmoqda.

       Tinglovchilar bilimlarini amaliyotda qo‘llab, hayotga tatbiq etib o‘rganmoqdalar va bu jarayonda ular nazariy xulosalarga kelib, olgan bilimlari qatiy ishonchga aylanmoqda. 

    Amaliyotda tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hodisa joyini saqlanishini ta’minlash jarayonida, PPX xodimlarining majburiyatlari, huquqlari, tezkor tergov guruhi yetib kelgunga qadar amalga oshiradigan qonuniy harakatlari bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

     Shuningdek, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot va aholi gavjum maskanlarda bo‘lib amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.

     Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati brigadasi batalonlarida tinglovchilar mavjud texnikalar, bodi kamera hamda planshetlar va ularning imkoniyatlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar ko‘magida ularni ko‘zdan kechirib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

     Fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida patrul-post xizmati xodimi o‘rtasidagi turli nostandar holatlar va muammoli vaziyatlar bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

      Tinglovchilar amaliyot davri maroqli va mazmunli o‘tayotganligini ta’kidlashmoqda. 

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati