Yangilik haqida batafsil

Malakaviy amaliyot davom etmoqda
July 20, 2024

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarning 14 nafari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Bektemir tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida malakaviy amaliyotni o‘tamoqdalar.

    Amaliyot davomida tinglovchilarning ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining zimmalariga yuklatilgan vazifalar, xususan pasportni almashtirish tartibi xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiskaga qo‘yish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti borasidagi bilimlari mustahkamlanmoqda.

     Shuningdek, tinglovchilar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning respublika hududiga kirish, undan chiqish va unda bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan ham tanishmoqdalar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati