Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar jazoni ijro etish muassasalarida nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lagan holda mustahkamlamoqdalar.
Amaliyotda tinglovchilarning jazoni ijro etish muassasalarining turlari, muassasalarga qabul qilish tartibi, rejim, mahkumlar bilan tarbiyaviy ijtimoiy-psixologik ishlar, ularning moddiy-maishiy va tibbiy-sanitariya ta’minoti, mehnatga jalb etish tartibi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari hamda malakalari oshirilmoqda. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning yotoq joylari, o‘quv binolari va dars jadvallari, ovqatlanish joylari, tibbiyot punkti, navbatchilik qismidagi kuzatuv kameralari, ularga yaratilgan sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi hamda tushunchalar berildi.
Tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga sohaviy xizmat xodimlari tomonidan javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati