Uzoq yillar davomida Ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilib, yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar doim e’tirofda. Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ana shunday xodimlardan Saf qismi otryad komandiri, podpolkovnik Akmal Sulaymonov va Moddiy texnika va xo‘jalik ta’minoti guruhi inspektori safdor Akmal Djalilovning nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sharafli kasb egalarining sohada 20 yildan ortiq xizmat qilganligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun o‘z hissalarini qo‘shgan xodimlardan ekanliklari ta’kidlandi. Shundan so‘ng, faxriy xodimlarga hurmat ko‘rsatilib to‘n kiydirildi. Mashaqqatli va sharafli kasb sohibi bo‘lgan faxriylar yig‘ilganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati