Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida beshta mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini ta’minlash, Jazoni ijro etish xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish xizmatida joriy yilning 15 iyul kunidan 27 iyul kuniga qadar malakaviy amaliyotni o‘tashga kirishdi.
Malakaviy amaliyotning birinchi kuni barcha sohaviy yo‘nalishlarda malakaviy amaliyot oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib tinglovchilarga ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar biriktirildi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati