Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Rasulev Ulug‘bek Erkinovich va Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Axmedov Islom Baxtiyorovich uzoq yillar o‘z ish faoliyati davrida izlanuvchanligi, o‘z vazifasiga sidqidil va mas’uliyat bilan yondoshishi hamda yangilikka intiluvchanligi bilan e’tiborga molik bo‘lgan xodimlardan. Ular tinglovchilarga bilim berishda turli samarali usullardan foydalanadi hamda o‘qitishning xalqaro tajribalarini qo‘llaydi, shu asnoda shogirdlari ishonchini qozonadi.
Polkovniklar Rasulev Ulug‘bek Erkinovich va Axmedov Islom Baxtiyorovichlarga ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dotsent” ilmiy unvoni berildi.
Shu munosabat bilan institutning navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsida institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan ularga dotsentlik diplomi topshirildi va Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Institut matbuot xizmati