Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Toshkent shahar Bektemir tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mutaxassis xodimlari bilan hamkorlikda Institutning Bektemir tumani o‘quv bazasida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan tinglovchilar bilan “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yong‘inlarni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi, havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan elektr va sovutish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari shuningdek, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Maqsad institut xodimlari va tinglovchilarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasiga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ularda mulklarni yong‘indan asrash bo‘yicha immunitet hosil qilish, har bir tinglovchiga yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilimlarni singdirish, har bir tinglovchini o‘t o‘chirishning birlamchi vositalaridan foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tadbir davomida yong‘inni keltirib chiqaruvchi holatlardan ehtiyot bo‘lishlarini, nosoz elektr moslamalaridan foydalanmasliklarini targ‘ib qiluvchi eslatmalar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda tadbir ishtirokchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari o‘rgatilib, ko‘rgazmali chiqishlar tashkil qilindi.
Tadbir yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga Bektemir tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mutaxassis xodimlari javob berdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati