Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus kasbiy fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik Bahrom Turg‘unboev tomonidan “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 19 yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Shuningdek, «Jazoni ijro etish faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha fakultativ mashg‘ulot Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik K.S.Beysenov tomonidan o‘tkazildi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan foydalangan holda tinglovchilarning mazkur farmonga oid bilim va ko‘nikmalari shakllantirilib, farmonning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tinglovchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati