Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika qon quyish Markazining donorlik sayyor guruhi Institutning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasiga taklif etilib, beg‘araz donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchi va xodimlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, mehribonlik va rahimdillik ruhida tarbiyalash, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish hamda tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan oltmishdan ortiq Institut o‘qituvchi va xodimlari ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati