Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik O‘tkirbek Otayev tomonidan “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Shuningdek, «Jazoni ijro etish faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilarga mazkur Farmonining maxmun-mohiyati bo‘yicha fakultativ mashg‘ulot Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik K.S.Beysenov tomonidan o‘tkazildi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan foydalangan holda tinglovchilarning mazkur farmonga oid bilim va ko‘nikmalari shakllantirilib, farmonning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tinglovchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati