Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik O‘tkirbek Otayev tomonidan institut miqyosida “Ixtisoslik” modulidan “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilar bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID- kartasini rasmiylashtirish asoslari” nomli mavzu bo‘yicha ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ochiq mashg‘ulot “tushunchalar tahlili” interfaol usulida boshlanib, mavzu bӯyicha tinglovchilar bir-birlari bilan savol-javob, bilimlar tortishuvlari orqali juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda hamda tinglovchilarning kasb faoliyatiga bog‘lab o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot davomida o‘qituvchi sohaga oid bilim va ko‘nikmalaridan samarali foydalandi hamda mavzuni to‘la yoritib berdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar ham faol ishtirok etdi.
Mazkur ochiq mashg‘ulotda Institutning professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Ishtirokchilar mashg‘ulot samarali bo‘lganligini eʼtirof etdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmat