Respublika Ishchi guruhi va Kitob tumani adliya bo‘limi tashabbusi bilan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Obikanda, Katlos, Tevaboshi, Palandara mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Kitob tumani adliya bo‘limi boshlig‘i R.Muxammadiyev, Respublika Ishchi guruhi vakili, IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi D.Eshqulov, Respublika mahalla uyushmasi Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i A.Sirojev va boshqalar ishtirok etdi. Sayyor qabuldan oldin fuqarolarga yangi qabul qilinayotgan qonunlar va qonun osti hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Sayyor qabulda 100 dan oshiq fuqarolar ishtirok etdi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal qilinib, ayrimlariga qonuniy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha masʼullar, adliya bo‘limi va Sektor kotiblari tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, Respublika Ishchi guruhi vakili tomonidan Tevaboshi mahallasi yettiligi ish faoliyati o‘rganilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.