Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Prezident Administratsiyasi ishchi guruh vakili IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Olimjon Subanov ishtirokida mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, mahalla soliqchilari, ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirokida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Birlashgan mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va aholining bandligini ta’minlash maqsadida g‘alla maydonlaridan bo‘shagan yerlardan "Temir daftari" , "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari" da turgan fuqarolarga va farzandlariga o‘zini o‘zi band qilish uchun yer tarqatildi.
Shuningdek, Paxtakor mahallasida yashovchi fuqaro Xasan Berdiqulov tomonidan hozirgi kunda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishida tadbirkorligini yo‘lga qo‘yganligi, Bog‘li hayot ko‘chasida yashovchi darvoza va zaborlar yasovchi fuqaro Namoz Egamqulov xususiy kichik tadbirkorligi, hozirgi kunda ustaxonani rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari o‘rganildi.
Ishchi guruhi mas’ul xodimi O.Subanov va mahalla yettiligi bilan birgalikda Navro‘z mahallasi Nafosat ko‘chasida yashovchi, “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, fuqaro Zarifa Abdurasulova, Do‘stlik ko‘chasida tadbirkorlik qiluvchi “Mirabbos mirjalol xamkor” MChJ rahbari Nodira Qarshieva va boshqa bir qator o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning taklif va tavsiyalari o‘rganildi. 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining sharoitlari bilan tanishildi.
Navro‘z mahallasida 3-sektor ishchi guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati