Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik K.S.Beysenov tomonidan “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilar bilan “Jazoni ijro etish faoliyati” modulining “Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish” mavzusi bo‘yicha Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 49-son jazoni ijro etish koloniyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iboratligi, ularga kasb sirlarini o‘rgatish, hunar egasi bo‘lganlar ozodlikka chiqqandan keyin tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun imkoniyat ekanligi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Amaliy mashg‘ulotda tinglovchilar o‘qituvchi bilan o‘zaro faol suhbatga kirishib, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitlar bilan tanishdi. Olingan bilimlarni amaliy foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati