Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi vakili IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, katta leytenat Abduqodir Abdibositov tomonidan Toshkent viloyati Bekobod tumanida ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ishchi guruh tumandagi "Mahalla yettiligi" ish faoliyati jarayoni o‘rganildi va ularga kerakli tavsiyalar berildi. Tadbirkorlar va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, tumandagi davlat va nodavlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurilish va ish faoliyatlari o‘rganildi.
Dalvarzin mahallasida joylashgan 5-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu mahallasidagi ochilishga tayyor holatga keltirilgan 180 o‘rinli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, Xonobod mahallasi hududidagi 180 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotini qurilish ishlari bin tanishdi.
Istiqlol mahallasida faoliyat yuritayotgan YATT Xudoynazarova Nishonoy Alimbayevnaga tegishli 50 o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini ish faoliyati o‘rganildi.
Ishchi guruh o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.