Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish va oldini olish maxsus otryadi mutaxassis xodimlari tomonidan Malaka oshirish institutida amaliy ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha Ichki ishlar organlarining post-patrul xizmati, yo‘l-patrul xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 180 nafar tinglovchilar qatnashdi.
Amaliy ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotida IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Metropolitenda Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish va oldini olish maxsus otryadi mutaxassis xodimlari tomonidan turli portlovchi predmetlar, ularni zararsizlantirishda foydalaniladigan zarur texnikalar, robotlar, qurol-aslahalar hamda jangovar vaziyatlarda foydalaniladigan maxsus avtomashinlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati