Yangilik haqida batafsil

To‘rtko‘l tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
June 27, 2024

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan “2024 yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” hamda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan band bo‘lmagan aholi hamda kam taʼminlangan oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolari va yoshlar uchun navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si tashkil etildi.

       Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili, IIV Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Saparboy Allamberganov hamda tuman hokimligi masʼullari ishtirok qilib,  Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilgan farmon va qarorlar ijrosi natijasida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, ishsiz fuqarolarni tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishlarini bildirdi.

           Yarmarkada ishsiz fuqarolar tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, 13 nafari ishga kirishga yo‘llanma olishdi. Shuningdek,  boshqa bandlik xizmatlaridan ham foydalanishdi. Shu bilan birga ishtirokchilar xususiy sektorda mavjud ish o‘rinlari va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ijod namunalari bilan tanishishdi hamda o‘z tadbirkorliklarini boshlashlari uchun zarur tavsiyalarga ega bo‘lishdi.     

         Tadbir doirasida ustoz-shogird anʼanasi bilan chevarlik sir-asrorlarini o‘rgangan hamda “Dinur jobs” o‘quv markazida kurslarni tugatgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

           Ushbu yarmarka doirasida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 nafar ishsizlarga gaz plitasi, 1 nafariga kompyuter jamlanmasi hamda 5 nafariga tikuv mashinalari subsidiya tarzida topshirildi.      

         Shuningdek, tuman Madaniyat saroyi binosida tuman hokimligi hamda sektor rahbarlarining kengaytirilgan sayyor qabuli tashkil etildi.