Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi vakili IIV Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, polkovnik Zokir Umarov Arnasoy tumanida ham o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Ishchi guruh tumandagi "Mahalla yettiligi" ish faoliyati jarayoni o‘rganildi. Mahalla yettiligiga kerakli tavsiyalar berildi. Tadbirkorlar va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tuman Xalq qabulxonasi, mahalla raislari hamda mahalladagi sahovatpesha, homiylar ko‘magida Bobur va G‘oliblar mahallasida ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi.
Shuningdek, tuman markaziy sayilgohida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik! shiori ostida tashkil etilgan yoshlar festivalida 2000 nafardan ziyod Arnasoylik yoshlar va aholi jam bo‘ldi.
Festival avvalida yaqinlashib kelayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan tabrik yo‘llandi va bir guruh yoshlar mukofotlandi.
Ishchi guruh o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati