Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari o‘rtasida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimi Otabek Shukurutdinbekov va institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida ijtimoiy tarmoqlardagi diniy mazmundagi ma’ruzalarning hamda jaholatga boshlovchi yot g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalarning yoshlar ongiga bo‘layotgan ta’sirlari va uning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Muxtasar kilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom xayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga xurmat-extirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirish zarurligi, jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo‘lib, ulardan eng asosiysi – kitob o‘qish ekanligi, darhaqiqat, kitob o‘qish qalb chigalliklarini yozishi, ko‘ngilga huzur bag‘ishlashi, jaholatga barham berishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati