Mamlakatimizda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha ommaviy tadbirlar o‘tkazilayapti.
Xususan, bugun erta tongdan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodim va tinglovchilari, Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligi, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, yoshlar, tuman aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda tuman aholisini ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati