Yangilik haqida batafsil

Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda
June 25, 2024

 Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining tarjibali professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.     

       Xabaringiz bor Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi Bandixon tumanida ham o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

      Ishchi guruh vakili IIV Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Botir Ganiev tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bemorlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

     Shifokorlar bilan suhbatlashilib, yangi keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar hamda laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirildi.

     Respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi  maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda mahalla binosi joyiga borgan holda o‘rganildi.

    Bunda tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, bolalarni har tomonlama rivojlanishi uchun kerakli tavsiyalar berildi.

     Keyingi manzil tumandagi Bandixon mahallasi bo‘ldi. Mahalla binosida yettilik hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

       Mahalla yettiligiga kerakli tavsiyalar berildi.

      Ishchi guruh o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.