Yangilik haqida batafsil

Amaliy mashg‘uloti
June 25, 2024

    Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish tizimi tashkillashtirilgan.

    Ayni kunda mazkur institutda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tinglovchilari bilan “Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hodisa joyini ko‘zdan kechirilishi va saqlanishini ta’minlashda yuzaga keladigan vaziyatlar” mavzusi bo‘yicha institutning Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Zuxra Alieva tomonidan amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

      Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, tezkor-tergov guruhi xodisa joyiga yetib kelgunga qadar qilinadigan dastlabki ishlari, ya’ni g‘ayriqonuniy qilmishlarga chek qo‘yishi, fuqarolarning xavfsizligiga qarshi tahdidlarni bartaraf etishi, hodisa izlarining saqlanishini ta’minlashi, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda bu joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har xil kutilmagan muammoli vaziyatlar bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan amalga oshiriladigan xarakatlari huquqiy asoslantirilgan tarzda master klass shaklida o‘tkazildi. Tinglovchilar bu mashulotda o‘zlari tomnidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari ko‘rsatildi va bartaraf etildi hamda kelgusida bu kabi vaziyatlarda huquqiy asoslarga tayangan holda faoliyat olib borishlari tushuntirib o‘tildi.

   Mazkur amaliy mashulot darsida tinglovchilar olgan ko‘nikmalarini qay darajada yaxshi o‘zlashtirganligi bo‘yicha ulardan navbatdagi juftlik darsida o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan test savollariga javob berdilar va natijasiga ko‘ra baholandilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati