Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi vakili IIV Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Ilhom Nazarov tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi Halqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Iqlim o‘zgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori va 2021 yil 24 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki Halqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida tuzilgan grant mablag‘lari ajratilishi to‘g‘risidagi “Moliyaviy kelishuv” o‘rnatilgan.
Hususan, Jahon banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobiga Yangiariq tumanida yashovchi 24 nafar ishsiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari, bandligini ta’minlash va daromad topishlari uchun motokultivatorlarlar yetkazib berildi.
Shuningdek, ishchi guruh mahallalarda yettilik faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Ishchi guruh o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.