Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Sport tadbirida tinglovchilar 6 jamoaga taqsimlanib, sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etdilar.
Musobaqada faxrli 1-o‘rini “Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishining “Qalqonlar” jamoasi tinglovchilari, 2-o‘rini “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishining “Lochinlar” jamoasi tinglovchilari, 3-o‘rini “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Jasorat” jamoasi tinglovchilari musobaqada g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati