Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining tarjibali professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kitob tumanidagi Xalq qabulxonasida Qabulxona mudiri A.Omonov, tuman Sektor rahbarlari, Hokim o‘rinbosarlari, IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Doston Eshqulovlar ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabuli o‘tkazildi. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari ham qabulda ishtirok etishdi. Qabulda 130 nafardan oshiq fuqarolar qatnashdi. Murojaatlarni bir qismi qabul vaqtida hal qilindi. Bir qismi bo‘yicha ijrochilar tayinlanib, qonuniy hal etish uchun muddat belgilandi. Bir qismi bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Kitob tumanidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini, shu orqali ularning doimiy daromad manbalarini ta’minlash maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.
Tumandagi mahallalarda yashovchi fuqaro va tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Mahalla yettiligi ish faoliyati o‘rganilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati