Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining tarjibali professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Prezident Administratsiyasi ishchi guruh vakili IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Olimjon Subanov ishtirokida Mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi, tegishli mas’ullar, 15 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, mahalla soliqchilari, ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirok etdi.
Unda ma’ruzachilar Mahalla yettiligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda hal etilishiga ko‘maklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish, ijtimoiy xodimlarga yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy tavsiya va tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishchi guruhi mas’ul xodimi O.Subanov va mahalla yettiligi bilan birgalikda 3-sektor hududidagi Paxtakor MFY va Birlashgan MFYdagi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan suxbatlashib, ularning taklif va tavsiyalari o‘rganildi.
Mahallalardagi xonadonlarda bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Fuqarolarni bugungi kunda qiynab kelayotgan masalalar va muammolar to‘g‘risida suhbatlashildi. Gaz ballon olish uchun plastik karta so‘raganlarning murojaati ijobiy hal qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati