Yangilik haqida batafsil

Tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
June 21, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni, shuningdek jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar” nomli mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

     Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga xizmat faoliyatida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar va  jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan o‘zaro muloqot o‘rnatish, ularni ushlash va ichki ishlar organlariga olib borishda eng avvalo, xodimlarning muomala madaniyati, psixoemotsional ruhiy barqarorligini saqlay bilishi, murakkab sharoitlarda tezkor qarorlar qabul qilishlari, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurolni qo‘llash tartiblari mazkur institutning Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Z,M.Alieva, Maxsus kasbiy fanlar sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik B.B.Turg‘unboev va Jismoniy tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi katta leytenant B.X.Burxonovlar tomonidan amaliy mashg‘ulot master klass tarzida o‘tkazildi.

      Malakali o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarga mavzuga oid sun’iy muammoli vaziyatlar yaratildi va guruhlar o‘rtasida o‘ynalgan vaziyatlarga qonuniy yechim topish masalasi, ularning xato va kamchiliklari muhokama qilindi. Kelgusida xizmati davomida bu kabi vaziyatlarda to‘g‘ri hamda huquqiy asoslarga rioya qilgan holda faoliyat olib borishlari tushuntirildi.

        Mashg‘ulot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javoblar oldi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati