Buxoro shahrida sportning “Combat jiu-jitsu” turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “Osiyo chempionati” bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari Respublika terma jamoasi safida ishtirok etdi. 60 kg vazn toifasida safdor M.G‘aybullaev birinchi o‘rinni egallab, “oltin” medalni, 80 kg vazn toifasida safdor O.Jabborovlar birinchi o‘rinni egallab, “oltin” medalni, 85 kg vazn toifasida safdor B.Davlatboev uchinchi o‘rinni egallab, “bronza” medalni, 80 kg vazn toifasida safdor X.Ergashovlar uchinchi o‘rinni egallab, “bronza” medalni, mutloq vaznda toifasida safdor O.Jabborov ikkinchi o‘rinni egallab, “kumush” medalni qo‘lga kiritdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi safida xalqaro va jahon miqiyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar.
Institut boshlig‘ining buyrug‘iga asosan g‘olib va sovrindorlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati