O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentabrdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy- psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari hamda Malaka oshirish institutining tegishli buyruq va farmoyishlariga ko‘ra shaxsiy tarkibning jismoniy faolligi, jangovar shayligi va mahoratlarini o‘rganish maqsadida soxaviy-xizmat xodimlaridan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Ichki ishlar organlari shaxmiy tarkibi tomonidan to‘sinda tortilish, 100 metr va 3 km masofaga yugurish hamda qo‘l janggi mashqlarini bajarish mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, xodimlarning jangovar tayyorgarligi bo‘yicha «Kalashnikov» avtomati va «Makarov» pistoletlaridan o‘q otish, qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha yakuniy sinov mashg‘ulotlari tashkil qilinib, xodimlarning jangovar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, shaxsiy tarkibni jismonan chiniqtirish, ularni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarni talab darajasida saqlash, mashg‘ulotlarda o‘rgatilgan mashqlarni qo‘llashga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati