Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Koreya milliy politsiya tizimida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganib qaytishdi.
Institutning mazkur professor-o‘qituvchilari tomonidan hamkasblariga Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasining faoliyati, o‘quv jarayonlari, kadrlash tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi chora-tadbirlariga bag‘ishlangan dastlabki trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur trening mashg‘ulotida Koreya Markaziy Politsiya Akademiyasi o‘quv amaliyotlari situatsion-simulyatsiya markazi doirasida amalga oshirilayotganligi, u yerda xodimlar markaziy boshqaruv xizmati (“112” tizimi) faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga politsiya xodimlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati