Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Axborot texnologiyalari sikli hamda Toshkent shaxar IIBB ATSJKKB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Toshkent shaxar IIBB ATSJKKB EMTTKKKB tezkor xodimlari tomonidan “Ichki ishlar organlari boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi” va “Ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kursi”larida binar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ichki ishlar organlarida axborot tizimlari va ularning imkoniyatlari, suniy intellektni o‘rni, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarliklar, axborot xurujlari, kiberxavfsizlikni taminlash, kiberjinoyatlar turlari, uning jamiyatga yetkazayotgan zararlari, kriptovalyuta bo‘yicha sodir etilgan holatlr yuzasidan malumotlar berildi.
Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirilgan savollarga batafsil javob oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati