Yangilik haqida batafsil

Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida navbatdagi trening o‘tkazilmoqda
June 18, 2024

     Ayni kunlarda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida navbatdagi trening o‘tkazilmoqda.

    Mazkur ko‘zlangan maqsad Koreya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasida ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qaratilgan.

    Trening dasturiga muvofiq, Koreya politsiyasi haqida tushuncha, Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar bilan suhbat olib borish usullari, Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, Ayollarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha dastlabki choralar, CPTED (Atrof-muhitni loyihalash orqali jinoyatchilikning oldini olish) tizimi yordamida jinoyatlarni oldini olish, Koreyada bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi (jinsiy jinoyatlarni oldini olish) hamda Koreyada voyaga etmaganlar jinoyati va maktab politsiyasi xodimlari mavzularida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

     Shuningdek, “Kungaboqar markazi” (Jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash markazi), CPTED (Atrof-muhitni loyihalash orqali jinoyatchilikning oldini olish) tizimi bo‘yicha tashkil etilgan ko‘chalar, Koreya yoshlar politsiyasi akademiyasi  hamda Markaziy politsiya akademiyasiga amaliy tashriflar amalga oshiriladi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati