Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Alijonov Azizjon Tursunalievich ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dotsent” ilmiy unvoni berildi. Shu munosabat bilan institutning navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsida institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan Alijonov Azizjon Tursunalievichga dotsentlik diplomi topshirildi va Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Institut matbuot xizmati