Yangilik haqida batafsil

Amaliy mashg‘ulotlar davomida profilaktika inspektorlarining olgan bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi
June 15, 2024

         O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2023  yil  20  yanvar kunidagi “Ichki  ishlar  organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida Ichki ishlar Vazirligi Malaka oshirish institutida umumiy va maxsus modullar bo‘yicha an’anaviy shaklda uzluksiz o‘qitishni tashkil etish va “Fuqarolar bilan ishlash moduli”da profilaktika inspektorlarining xizmat jarayonida fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar bo‘yicha amaliy dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

      Profilaktika inspektorlarining fuqarolar bilan bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarda, muloqat jarayonida, ularning muammolarni o‘z vaqtida hal etish va qonuniy yechimini topishda institutning malakali professor o‘qituvchilar tomonidan tushuntirilmoqda.

     Jumladan, Institut Maxsus kasbiy fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik Bahrom Turg‘unboev tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi: Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suv to‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish  bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni bilan ishlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 191-modda: Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish, jamoat joylarida spirtli ichimlik ichish, tamaki mahsulotlarini chekish va boshqa ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan xodimlar o‘zlari amaliy ko‘rsatib berildi.

         Amaliy mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot  yakunlari, samaradorligi, yutuq va kamchiliklari o‘zaro muhokama qilindi. Mazkur mashg‘ulot davomida modul tinglovchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati