Unda Singapur Respublikasi Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi, Rahbar kadrlarni tayyorlash departamenti direktori Franchesko Manchini turli tomondan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan "Markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari uchun rahbar kadrlar tayyorlashning Singapur tajribasi" mavzusidagi davra suhbati mazkur davlat tajribani o‘rganishda, uni boshqa mamlakatlarda qo‘llanishini muhokama qilish va yurtimizda boshqaruv tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangidan - yangi takliflarni o‘rtaga chiqardi.
Tadbirni O‘zbekiston - Singapur rahbar kadrlarni tayyorlash qo‘shma ta’lim markazi direktori Jamoliddin Ismailov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Unda vazirlik va idora rahbarlari va xodimlari, hamda Akademiya professor- o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Davlat boshqaruvi akademiyasi