Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha Patrul-post xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hodisa joyini saqlanishini ta’minlashda yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, podpolkovnik N.O.Odilov va podpolkovnik G.S.Ro‘zievalar tomonidan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hodisa joyini saqlanishini ta’minlash jarayonida, PPX xodimlarining majburiyatlari, huquqlari, tezkor tergov guruhi yetib kelgunga qadar amalga oshiradigan qonuniy harakatlari bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati