Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha Patrul-post xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan voyaga yetmagan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, podpolkovnik N.O.Odilov va podpolkovnik G.S.Ro‘ziyevalar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida voyaga yetmagan shaxs bilan muloqot jarayoni, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelish va joylashtirish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati