Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlariga oliy o‘quv yurtlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini beradigan tavsiyanomalar topshirildi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tinglovchilar, ota-onalar, xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.
Tadbirda Institut boshlig‘i, t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov, so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilyotganligini, bugun xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tayogan tadbir ham buning isboti ekanligini ta’kidlab, xodimlarning farzandlariga kelajak yo‘llarida omadlar tiladi. Institutda xizmat qilayotgan 9 nafar xodimning farzandlariga Ichki ishlar Vazirligi tomonidan ta’sis etilgan imtiyozli kvota asosidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
So‘zga chiqqan ota-onalar va farzandlar bunday imkoniyatdan foydalanib, Vatanimiz ishonchini oqlashni maqsad qilganliklarini bildirdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati